» » Baxtiyor G'oziyev - Bilmaysan Onam

Baxtiyor G'oziyev - Bilmaysan Onam mp3

Baxtiyor G'oziyev - Bilmaysan Onam
  • Артист: Baxtiyor G'oziyev
  • Качество: 320 kbps
  • Длительность: 04:55
  • Размер: 11.24
  • Дата релиза: 27.01.2023
Слушать онлайн Baxtiyor G'oziyev - Bilmaysan Onam
Скачать
Скачать песню Baxtiyor G'oziyev - Bilmaysan Onam в mp3 бесплатно
Текст песни
Baxtiyor G'oziyev - Bilmaysan Onam

Sen menga sodiqsan sodiq emasman
Hech qachon menga yuz burmaysan ona
Be xisob mehringa loyiq emasman
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Be xisob mehringa loyiq emasman
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Qimorga bormimni sochib qo'yganman
Shaytonga bag'rimni ochib qo'yganman
Bildirmay ham ichib chekib bo'lganman
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Bildirmay ham ichib chekib bo'lganman
Sen yaxshi bilmaysan o'g'lingni onam

Sababchi o'zimman ko'zda yoshinga
G'avg'olar ortirdim qancha boshinga
Arzimayman bitta tola sochinga
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Arzimayman bitta tola sochinga
Sen yaxshi bilmaysan o'g'lingni onam

Hammaga arzandang maqtab yuribsan
Mehribon bolam deb aldab yuribsan
Kulmading meni deb yig'lab yurasan
Sen yaxshi bilmaysan o'g'lingni onam

Kulmading meni deb yig'lab yurasan
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Yomon deganlarga chiqarsan qarshi
Farishtam o'zingsan hayotim naqshi
Yaxshi emasmanda onajon yaxshi
Sen yaxshi bilmaysan o'g'lingni onam

Yaxshi emasmanda onajon yaxshi
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Gohida baqirdim zardalar qildim
Nomusiz shaharda xandalar qildim
Ko'zlarim ochildi tovbalar qildim
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Ko'zlarim ochildi tovbalar qildim
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Kechirgin bor mehrim solaman endi
Ko'nglingni har lahza olaman endi
Sen hohlagan farzand bo'laman endi
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Sen hohlagan farzand bo'laman endi
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam
Sen yaxshi bilmaysan bolangni onam

Bir bor kechirginda bolangni onam